Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Tibbiy хizmat va tez tibbiy yordam haydovchilariga ish haqi oshirildi

28.08.2019

Rus tilida oʻqish

Tashkilotlar haydovchilarining (yuk avtomobillari haydovchilaridan tashqari) mehnatga haq toʻlash boʻyicha Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarga tuzatishlar kiritildi (roʻyхat raqami 3130-1, 26.08.2019 y.).

 

Qabul qilingan hujjat bilan tashkilotlar haydovchilari mehnatiga haq toʻlashda qoʻllaniladigan umumiy razryadlarga nisbatan tibbiy хizmat haydovchilariga 1, tez tibbiy yordam haydovchilariga esa 2 razryad yuqori belgilandi. Tegishincha, ular mehnatiga haq toʻlash miqdori oshadi.

 

Eslatib oʻtamiz, yengil avtomobil yoki avtobus boshqaradigan tashkilotlar haydovchilari uchun razryadlar yengil avtomobil dvigatelining hajmi yoki avtobusning gabarit uzunligidan kelib chiqib belgilanadi. Haydovchilar mehnatiga haq toʻlash Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga (YaTS) asosan haydovchining tarif stavkasiga 1,228 miqdorida tarmoq koeffitsiyenti qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi. YaTSning tegishli razryadi boʻyicha haydovchining bazaviy tarif stavkasini hosil qiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.