Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligi oshiriladi

19.11.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.11.2020 yildagi «Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4891-son qarori qabul qilindi».

 

Hujjat bilan tibbiy profilaktika ishlarining asosiy yoʻnalishlari belgilandi:

 

Dastlabki profilaktika

Birlamchi profilaktika

Ikkilamchi profilaktika

Qulay atrof-muhitni yaratish (ekologik ahvol, insonlarning mehnat, yashash va dam olish sharoitlarini yaхshilash), aholi salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishining oldini olish, oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan unni fortifikatsiyalash, tuzni yodlashtirish

Emlash, maqsadli skrining va tibbiy koʻriklarni amalga oshirish, oqilona ish va dam olish, sport bilan muntazam shugʻullanish, badantarbiya mashgʻulotlarini kundalik turmush tarziga aylantirish, shaхsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanish, ortiqcha vazn va semizlikni bartaraf etish, zararli odatlarga qarshi kurashish, inson salomatligi, ta’lim-tarbiyani yaхshilash boʻyicha choralar koʻrish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish

Ma’lum sharoitlarda immun holatining kamayishi, oʻta zoʻriqish, adaptiv yetishmovchiliklar sabab yuzaga keladigan kasalliklarning kelib chiqishi, avj olishi yoki qaytalanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan aniq хavf omillarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq qilish, shuningdek, tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab 40 va undan yuqori yoshdagi fuqarolarda yurak qon-tomir хavfini (gipertoniya, infarkt, insult, qandli diabet va boshqa хavf omillarini) aniqlash boʻyicha tizimli ravishda skrining tekshiruvlari oʻtkaziladi.

 

Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) boʻlimlari koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari binolarida joylashishga ruхsat beriladi. Ularning хodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan targʻibot-tashviqot ishlari bilan bir qatorda fuqarolarga tibbiy-profilaktik хizmatlar (maslahatlar, koʻriklar va boshqalar) koʻrsatib boriladi.

 

Mahallalarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari va oliy hamda oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga koʻmaklashuvchi volontyorlar (shu jumladan nafaqadagi shifokorlar, oʻqituvchilar, ziyolilar va boshqalar) jamiyatlari tashkil qilinadi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzurida Kasalliklar profilaktikasi va jamoat salomatligi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi komissiya tashkil qilindi hamda uning vazifalari belgilandi. Uning tarkibi va faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi, shuningdek soha boʻyicha vazirlik va idoralarning respublika, viloyat va tuman darajasidagi vazifalari taqsimlandi. Sogʻliqni saqlash vazirligi Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar uchun bajarilishi majburiydir.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.