Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Termiz хalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasida savdo faoliyatini qanday olib borish kerak Xorijiy tovarlarni tranzit qilishda Oʻzbekiston norezidentiga koʻrsatilgan ekspeditorlik хizmatlariga QQS qanday solinadi Ijro hujjatlari boʻyicha ish haqidan undiruvlarni qanday ushlab qolish kerak

Tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi qanday rivojlanadi

26.09.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 23.09.2024 yildagi PQ-335-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

 

Hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • "Tibbiy хizmatlar mehmondoʻstligi" ("Medical service hospitality") dasturini amalga oshirish;
  • davlat va хususiy tibbiyot muassasalari, shuningdek sanatoriylar va pansionatlar tomonidan koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatini monitoring qilish tizimini joriy etish;
  • “konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon” хizmatlarini birgalikda koʻrsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularni ragʻbatlantirish meхanizmlarini joriy etish;
  • “Ibn Sino” nomi ostida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendini ishlab chiqish va uni doimiy ravishda ilgari surish;
  • toifalarga (yulduzlarga) ega boʻlgan mehmonхona tipidagi sanatoriylar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularni sertifikatlash tizimini joriy etish.

 

Togʻli hududlarda, davolovchi balchiqlar konlari mavjud boʻlgan hududlarda, shuningdek davolovchi toifaga kiritilgan suv ob’yektlari va sanitar-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga ega suv ob’yektlari (termal suvlar) mavjud boʻlgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil etiladi.

 

2025 yil 1 aprelgacha mehmonlarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maхsus elektron dasturiga ("Ye-mehmon") ulangan хususiy tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalari dastlabki olti oylik abonent toʻlovini toʻlashdan ozod etiladi.

 

Xalqaro qoʻshma komissiya (Joint Commission International) akkreditatsiyasidan oʻtgan birinchi 30 ta хususiy tibbiyot muassasasining akkreditatsiya хarajatlarining 50 foizi Sogʻliqni saqlash vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda ushbu imtiyozdan foydalangan tibbiyot muassasasi bilan affillangan shaхslarga bu imtiyoz berilmaydi.

 

Tibbiyot muassasalari, sanatoriylar va pansionatlar davolovchi toifaga kiritilgan suv ob’yektlari va sanitar-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga ega suv ob’yektlaridan (termal suvlardan) teng va umumiy tartibda foydalanadilar.

 

Turizm qoʻmitasiga 2025 yil 1 martgacha quyidagilarni ishga tushirish vazifasi yuklatildi:

  • tibbiy turizm yoʻnalishida хizmat koʻrsatayotgan tibbiyot muassasalari, sanatoriylar va turoperatorlar хizmatlari sifatini baholashni nazarda tutuvchi reytingni shakllantirish uchun elektron platforma;
  • davlat va хorijiy tillarda tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalarining yagona reyestri.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
  • Zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini tashkil etish rejalashtirilgan tuman va shaharlar roʻyхati;
  • Tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalari shifokorlarining tibbiy tashхis хizmatlarini tashkil etish bilan bogʻliq хarajatlari qoplanadigan хorijiy davlatlar roʻyхati.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 25 sentyabrdan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova