Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

TIF TNning yangi versiyasi kuchga kirdi

01.02.2018

 

Prezidentning 28.12.2017 yildagi PQ–3448-son qarori bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining (TIF TN) 2017 yilgi versiyasi amalga kiritildi.

 

TIF TNning yangi versiyasi 2018 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritildi. U Jahon bojхona tashkiloti tomonidan yangilangan Tovarlarni tasniflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi bazasida ishlab chiqilgan. Bungacha amalda boʻlgan TIF TNning 2012 yilgi versiyasi oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

TIF TNning 2017 yilgi versiya joriy etilishi munosabati bilan tasniflash kodlari oʻzgargan tovarlar roʻyхati Vazirlar Mahkamasining 30.12.2017 yildagi 1042-son qarori bilan tasdiqlangan.   

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Lenara Xikmatova.