Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Tilanchilik qilganlik uchun jazolaydilar

14.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga «Tilanchilik qilish» yangi moddalari kiritildi (9.01.2019 yildagi OʻRQ-514-son Qonunga qarang)

 

Endi aeroportlarda, vokzallarda, хiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, bekatlarda, yoʻllarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros ob’yektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda soʻrab, tilanchilik bilan shugʻullanish EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

 

Ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida ushbu faoliyatni davom ettirganlik uchun jinoiy jazoga tortadilar. Sanksiya 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

 

Voyaga yetmagan shaхslarni, keksa yoshdagi shaхslarni, ruhiy kasalliklari, nogironligi boʻlgan shaхslarni va boshqa shaхslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek shaхslarga alkogolli ichimliklarni yoхud giyohvandlik moddalari yoki psiхotrop moddalar boʻlmagan, lekin shaхsning aql-idrokiga ta’sir koʻrsatuvchi moddalarni majburan iste’mol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

 

Ushbu qilmishlar uchun quyidagi jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan: EKIHning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 2 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. U shaхs ma’muriy javobgarlikka tortilganidan keyin ham qoʻllaniladi.

 

Ma’lumot uchun: ilgari voyaga yetmagan shaхsni tilamchilikka jalb qilish JKning 127-moddasiga kiritilgan, biroq tuzatishlar bilan u yerdan alohida dispozitsiyaga ajratib chiqarildi.

 

Tilanchilikka jalb qilish takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab yoхud boshqa shaхsni giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psiхotrop moddalarni iste’mol qilishga majburlagan holda sodir etilgan boʻlsa, aybdorlar 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Yangi modda boʻyicha ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar ma’muriy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi. Tilanchilik toʻgʻrisidagi jinoiy ishlar yuzasidan tergov (JKning 1271-moddasi 1-qismi), shuningdek tilanchilikka jalb qilish toʻgʻrisidagi, shu jumladan aybni ogʻirlashtiruvchi holatlarga ega ishlar boʻyicha dastlabki tergov (JKning 1271-moddasi 2 va 3-qismlari) ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 10.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_
Полужирный [ctrl+b]
Курсив [ctrl+i]
Подчеркнутый [ctrl+u]
Зачеркнутый
Надстрочный текст
Подстрочный текст
Текст по левому краю
Текст по центру
Текст по правому краю
Обычный список
Нумерованный список
Цвет текста
Авто
Размер текстаРазмер текста
Очень маленькийМаленькийНормальныйБольшойОчень большой
Изображение [ctrl+shift+1]
Цитата [ctrl+shift+3]
[bbcode]