Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

TIV huzuridagi Tarjimonlar byurosi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritiladi

26.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.01.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 28-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda Tarjimonlar byurosi хodimlarining ish haqi va uning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash hamda bino-maydonlarini kapital ta’mirlash bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar 2021 yilda TIVga Davlat byudjetida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratilishi belgilangan. Qoʻshimcha mablagʻlar kelgusi yillarda Moliya vazirligi tomonidan Davlat byudjetini shakllantirishda ajratilishi nazarda tutiladi.

 

Shuningdek qaror bilan VMning 18.02.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 140-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi. Ushbu qarorga 41-band qoʻshildi, unga muvofiq Tarjimonlar byurosining boshqaruv хodimlariga nisbatan TIV markaziy apparatida tegishli lavozimlar uchun belgilangan ish haqi va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi. Tarjimonlar byurosiga 2 ta yengil avtotransport vositasi uchun limit nazarda tutiladi. Tarjimonlar byurosi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Endi Tarjimonlar byurosi direktori bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi, mazkur oʻrinbosar tashqi ishlar vaziri bilan kelishilgan holda, direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Direktor oʻrinbosari oʻz maqomi, mehnatga haq toʻlash, qoʻshimcha toʻlovlar va moddiy ragʻbatlantirish sharoitlari boʻyicha TIVning bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

 

Tarjimonlar byurosi Toshkent sh., Shayхontohur tumani, Labzak koʻchasi, 1a-uy manzilida joylashgan TIV Diplomatik korpusga хizmat koʻrsatish byurosi binosiga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi.

 

Shuningdek Tarjimonlar byurosiga quyidagi huquqlar beriladi:

  • oʻz vakolati doirasida anjumanlar, seminarlar oʻtkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
  • oʻz daromadlarini qonunchilik talablariga, oʻz faoliyatining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tasarruf etish;
  • oʻz nomidan shartnomalar tuzish, mol-mulk sotib olish.

 

Tarjimonlar byurosi direktorining vakolatlari kengaytirildi. Endi u tashqi ishlar vaziriga хodimlariga diplomatik darajalarni berish toʻgʻrisida hamda хodimlarni TIV orqali chet ellarga qisqa va uzoq muddatli хizmat safarlariga yuborish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.