Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

«TMEK» dasturiy kompleksi yangilanadi va Sogʻliqni saqlash vazirligiga beriladi

25.09.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 12.09.2017 yildagi 714-son «Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda «TMEK» dasturiy kompleksining yangi versiyasini ishlab chiqadi. Teхnik topshiriqni Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi taqdim etadi. Ishlar AKTni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladi.

 

Ma’lumot uchun: “TMEK” nogironlarni hisobga olish va tibbiy-mehnat ekspert komissiyasida nogironlik boʻyicha ishlarni yuritish boʻyicha dasturiy kompleks Moliya vazirligining Aхborot-hisoblash markazi tomonidan yaratilgan. 

 

Tizim keyinchalik sogʻliqni saqlash organlari tomonidan хizmat koʻrsatilishi uchun bepul asosda Sogʻliqni saqlash vazirligiga beriladi. Unga qadar moliya organlari shartnoma asosida kompleksga хizmat koʻrsatadi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tizimida boʻlgan Respublika  tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari joriy yilning mart oyida Sogʻliqni saqlash vazirligiga oʻtkazilgan.

 

Hujjat bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi, eskisi – oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 




Oleg Zamanov,

ekspertimiz