Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Toksik moddalar koʻmiladigan ob’yektlarni moliyalashtirish manbalari belgilandi

19.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.10.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar koʻmilgan hamda saqlanayotgan maхsus ob’yektlar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 647-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning "Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 15 iyuldagi PF-6262-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etilgan.

 

Hujjat bilan belgilanishicha, zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar koʻmilgan hamda saqlanayotgan maхsus ombor va poligonlar Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

 

Quyidagilarni moliyalashtirish manbalari belgilandi:

  • maхsus ob’yektlarni konservatsiya va rekonstruksiya qilish, margimush chiqindilarini boshqa joyga koʻchirib koʻmish, shu jumladan, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq chora-tadbirlar - ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan;
  • maхsus ob’yektlarni joriy saqlash хarajatlari - Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
  • yangi joyni joriy saqlash хarajatlari -mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan.

 

Davlat ekologiya qoʻmitasiga quyidagilarni ta’minlash topshirildi:

  • maхsus ob’yektlarda olib boriladigan rekultivatsiya va obodonlashtirish ishlarining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishini;
  • har chorakda maхsus ob’yektlar atrofida zaharli moddalarning tarqalishini aniqlash boʻyicha tuproq va yer osti suvlari tarkibi kimyoviy tahlildan oʻtkazib borilishini.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.