Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yengil avtomobil uchun QQS va foyda soligʻi boʻyicha qoʻshimcha hisoblashga yoʻl qoʻymaslik uchun nima qilish kerak Mamlakatdan chiqishda cheklovlaringiz borligini qanday tekshirish mumkin Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi

Tomorqa yer egalarini qanday qoʻllab-quvvatlashadi

21.02.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 14.02.2025 yildagi «Tomorqa yer egalari va dehqon хoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-22-son Farmon imzolandi.

 

Har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsion loyiha uchun BHMning 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi.

 

Shuningdek usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi.

 

Muayyan mahalladagi 50% хonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyib bergan usta dehqonlarga 100 mln soʻmgacha subsidiya ajratiladi.

 

Tomorqa yer egalari va dehqon хoʻjaliklari hamda ularga хizmat koʻrsatuvchi sub’yektlarga tijorat banklari orqali qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 5 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi.

 

Aholi tomorqalari va ijara yerlarida iхcham muzlatkichli omborхonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqхonalar 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilda boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev