Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi M39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining 1395-1400 km va 1410-1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 827-son qarori qabul qilindi.
Loyihaning umumiy qiymati $40,711 mln ni tashkil etadi. U quyidagilardan iborat:
- $35,188 mln miqdorida ITBning qarzi;
- Oʻzbekiston Respublikasining ulushi, shu jumladan soliq boʻyicha imtiyozlar berish shaklida - $5,523 mln.
ITBning qarzini qaytarish, shu jumladan foizlarni toʻlash, vositachilik toʻlovlari va boshqa хarajatlar bilan bogʻliq toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobotdan amalga oshiriladi.
Qaror bilan:
- Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimiga qoʻshimcha Kelishuv tuzish;
- Adliya vazirligiga qarz bitimiga qoʻshimcha Kelishuv yuzasidan yuridik хulosa berish topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Miryoqub Haydarov.