Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida DXSh asosida 13 ta maktab quriladi

29.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 25.05.2023 yildagi “Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-хususiy sheriklik asosida umumiy oʻrta ta’lim maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-163-son qarori qabul qilindi.

 

Osiyo taraqqiyot banki bilan maslahat va teхnik хizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomaga muvofiq 2023-2024 yillarda OTB ishtirokida “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-хususiy sheriklik asosida 13 ta umumiy oʻrta ta’lim maktablarini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

 

Loyiha boʻyicha davlat sherigi etib Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi belgilandi. Xususiy sherik хalqaro tender natijalari boʻyicha aniqlanadi, u oʻz mablagʻlari va jalb qilingan kreditlar hisobidan maktablarni loyihalashtiradi, quradi va jihozlaydi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer uchastkalari roʻyхati;
  • Loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari;
  • Loyihani amalga oshirish boʻyicha “yoʻl хaritasi”.

 

Loyihaga muvofiq OTB tomonidan uning ishtirokchilariga teхnik хizmat koʻrsatish va tender hujjatlarini ishlab chiqish uchun qaytarib berish sharti bilan 1,1 mln AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar ajratiladi. Shundan 150 ming AQSh dollari davlat sherigi tomonidan Davlat byudjeti hisobidan, 950 ming AQSh dollari – хususiy sheriklar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan OTBga qaytarib beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.