Prezidentning 14.09.2017 yildagi PQ-3274-son qarori bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish nazarda tutilmoqda. Hujjat davlat rahbari saytida joylashtirilgan.
Iхtisoslashtirilgan maktab Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshida ochiladi. U Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi aniq fanlarga iхtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi negizida tashkil etiladi.
Yangi oʻquv yurtiga Mirzo Ulugʻbek informatika kasb-hunar kollejining bino va inshootlari (Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy manzilida joylashgan) bepul beriladi. Bunda kollejning 2-3-bosqich oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar koʻrsatilgan manzilda qoladilar.
Iхtisoslashtirilgan maktabga oʻquvchilar XTV hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadigan kvota asosida 5-sinfdan boshlab yozma va ogʻzaki sinov natijalariga koʻra tanlov asosida qabul qilinadi. Iхtisoslashtirilgan maktabdagi ta’lim jarayoniga TATU va Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-oʻqituvchilari jalb etiladi.
Shuningdek, hujjat bilan “Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari” nomli mukofotni ta’sis etish topshirildi. U respublikaning maktab yoshidagi iqtidorli oʻquvchilariga matematika, fizika va informatika fanlarini integratsiyalashgan holda qamrab olgan koʻrik-tanlov natijalariga koʻra beriladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.