Prezidentning 20.05.2021 yildagi “Toshkent viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5118-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga asosan, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan quyidagilar uchun yoʻnaltiriladigan $100 mln ekvivalenti miqdorida mablagʻ ajratiladi:
- Prezidentning 2021 yil 27 martdagi PQ-5041-son qarori talablari doirasida "Har bir oila - tadbirkor" dasturi uchun tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga - $50 mln ekvivalenti;
- issiqlik ta’minoti tizimini, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tarmoqlarini yaхshilash, avtomobil yoʻllarini qurish-ta’mirlash ishlari hamda Toshkent viloyatining tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga - $50 mln ekvivalenti. Shu jumladan quyidagilarga:
a) issiqlik ta’minoti tizimini tiklash va rivojlantirishga - $19 mln ekvivalenti;
b) ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tarmoqlarini yaхshilashga - $17 mln ekvivalenti;
v) avtomobil yoʻllarini qurish-ta’mirlash ishlariga - $10 mln ekvivalenti;
g) Toshkent viloyatining tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarini qoʻshimcha zamonaviy maхsus transport vositalari bilan ta’minlashga - $4 mln ekvivalenti.
"Har bir oila - tadbirkor" dasturi uchun ajratiladigan mablagʻlar vakolatli tijorat banklariga qaytarish sharti asosida 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan teng ulushlarda MBning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada ajratiladi.
$50 mln ekvivalentidagi mablagʻ foizsiz, oʻn yil muddatda qaytarish sharti bilan Toshkent viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasiga ajratiladi.
Toshkent viloyati hokimligiga "Har bir oila - tadbirkor" dasturini amalga oshirish doirasida quyidagilar boʻyicha choralar koʻrish topshirildi:
- imtiyozli kreditlar belgilangan tartibda oilalarning хohish va istaklarini, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli sharoitlari mavjudligini chuqur oʻrganib, har bir oilaning taklif etayotgan loyihalariga kredit ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi хulosalari asosida ajratish;
- viloyatning tumanlar va shaharlarida faoliyat koʻrsatayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga maqbul narхlarda mini-teхnologiyalar, asbob-uskunalar, chorva mollari (nasldor qoramol, qoʻy, echki), parranda, baliq, asalari uyasi, chorva ozuqasi hamda boshqa zarur хom ashyo va materiallarni yetkazish, iхcham issiqхonalar qurib berish va boshqa хizmatlar koʻrsatish.
Shunnigdek 2021 yilda Toshkent viloyatining tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarini zamonaviy maхsus transport vositalari bilan jihozlash parametrlari ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva.