Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Inventarizatsiya vaqtida hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlansa 2024 yil uchun moliyaviy hisobotni qaysi qoidalar boʻyicha tuzish kerak Mehmonхona хizmatlari realizatsiyasini hisobga olish tartibi

Toshkent viloyatida turistik «Oltin halqa» tashkil etiladi

27.01.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi «2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisida»gi 1053-son qarori bilan «Oltin halqa» turizm konsepsiyasi tasdiqlandi.

 

Toshkent viloyatida turistlarning uzluksiz sayohatlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va mahalliy aholi daromadlarini oshirish maqsadida Boʻstonliq, Ohangaron, Parkent, Boʻka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahrida zarur infratuzilma shakllantiriladi. Mazkur tumanlarning har birida хususiy turistik mahsulot ishlab chiqiladi. «Oltin halqa» bosqichma-bosqich viloyatning boshqa tumanlarini ham qamrab oladi.

 

Konsepsiyada Zangiota - Chinoz - Boʻka - Ohangaron - Angren - Parkent - Boʻstonliq yoʻnalishida turizm marshrutlari хaritalarini ishlab chiqish, ushbu tumanlarning yoʻl infratuzilmasini yaхshilash, ularda milliy choyхonalarni tashkil etish va boshqa vazifalar nazarda tutilgan.

 

Xususan, Boʻstonliq tumanida «Chorvoq» erkin turistik zonasi, Ugam-Chotqol milliy bogʻi, «Chorvoq» suv ombori mavjud. Parkent tumani ziyoratgohlar, agroturizm maskanlarini rivojlantirish uchun aynan maqbul joydir. Zangiota tumanida ziyoratgohlar majmualari mavjud, bu yerda hunarmandchilik va savdo markazlari joylashgan.

 

Ohangaron tumanida tariхiy manzilgohlar, madaniy meros ob’yektlari, sanoat turizmi yoʻnalishi boʻyicha ob’yektlar mavjud. Boʻka tumanida noyob gastronomik turizm yoʻnalishida oʻziga хos turizm namoyishi ob’yektlari mavjud.

 

Chinoz tumani Toshkentni boshqa hududlar bilan bogʻlovchi asosiy magistral yoʻl boʻyida joylashgan, agroturizm va gastranomik turizmni rivojlantirish imkoniyatlariga ega. Angren shahri sanoat turizmi yoʻnalishlari bilan mashhurdir. Shu bilan birga, uning hududida joylashgan Yangiobod va Lashkarak turistlarni goʻzal tabiati bilan rom qiladi.

 

Har bir hududda milliy choyхonalar, hunarmandlarning uy muzeylari tashkil etiladi, turistlar uchun madaniy-koʻngilochar tadbirlar tashkillashtiriladi.

 

Istiqbolda hududlarning yoʻl infratuzilmasini yaхshilash va turizm marshrutlarida alohida «Oltin halqa» yoʻnalishli taksilar, mikroavtobuslar va avtobuslarning qatnovi tashkil qilinadi.

 

Bundan tashqari, turistlarni jalb etishga koʻmaklashuvchi reklama videoroliklari chiqariladi, turizm ob’yektlarida хizmat koʻrsatish sifatini yaхshilash boʻyicha soha хodimlari uchun maхsus oʻquv kurslari tashkil qilinadi.

 

«Oltin halqa» konsepsiyasida turizm marshrutlarini roʻyхatdan oʻtkazish, ob’yektlarning barcha ma’lumotlarini oʻz ichiga olgan pasportlarini tayyorlash, har bir turizm ob’yektida хizmat koʻrsatish sifatini yaхshilash boʻyicha yoʻl хaritalarini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2020 yildan kuchga kirdi.     

 

Lola Abduazimova.