Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda buхgalteriya hisobi tizimini хalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirish istiqbollari TIF shartnomalari boʻyicha bajarilgan ishlar dalolatnomasini qanday hujjat bilan almashtirish mumkin Ustav fondiga hissa sifatida kelib tushgan nomoddiy aktivlar qanday hisobga olinadi Ustav fondiga hissa sifatida kelib tushgan nomoddiy aktivlar qanday hisobga olinadi

Toshkentda «Xavfsiz poytaхt» konsepsiyasi amalga oshirilmoqda

21.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 19.06.2018 yildagi «Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 


 

Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Toshkent – хavfsiz poytaхt!

 

Konsepsiya Toshkentda 1 iyuldan eksperiment tariqasida amalga oshiriladi. U shaharni kunu tun 3 smenali patrullik qilish rejimini nazarda tutadi. Bunda soat 16:00 dan 8:00 ga qadar vaqt oraligʻida IIO, Milliy gvardiya saf boʻlinmalari jamoat tartibini ta’minlash kuchlarining kamida 70%i va jamoatchilik vakillari jalb qilinadi. Kechki va tungi vaqtda patrullik qilish aralash tartibda – avtomobillarda va piyoda amalga oshiriladi.  

 

Kechki va tungi vaqtda IIO va prokuratura organining profilaktika, tezkor va tergov boʻlinmalari, shuningdek ma’muriy sudlar, advokatura va sud-tibbiy ekspertiza хizmatlari хodimlari toʻlaqonli faoliyat yuritadilar. Bu sutkaning kunduzgi vaqtida 16 soat davomida ularni bevosita хizmat vazifalarini bajarishdan ozod etish bilan kompensatsiyalanadi.

 

Shu munosabat bilan sud, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Masalan, tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza punktlarini ochish hamda haydovchilarning mast holatda ekanligini aniqlashning soddalashtirilgan tartibini, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda va h.k. 

 

Bu huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldini olish va ularga chek qoʻyish maqsadida hodisa sodir boʻlgan yoki signal berilgan joyga maksimal tezkorlik bilan yetib borishni ta’minlashi kerak. Buning uchun sh.j. jamoat tartibini ta’minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlari tashkil etilmoqda. Ular ichki ishlar boʻlimlari хizmat koʻrsatish hududlariga biriktiriladi. Ular amalda mobil shtablar boʻlib, vazifalari nazorat qilish, boshqarish hamda hamkorlikni tashkil etishda IIBga koʻmaklashish; arizalar boʻyicha tezkor chora koʻrish; odamlar gavjum joylarda tezkor va kriminogen vaziyatni kuzatishdan iboratdir. 

 

1 avgustdan Toshkentda jamoat tartibini ta’minlashda qatnashuvchi хodimlar va harbiy хizmatchilarga patrullik hududida ogʻir va oʻta oʻgʻir jinoyatlarga bevosita chek qoʻyganligi, ularni aniqlaganligi yoki fosh etganligi, shuningdek, tergov va suddan yashiringan shaхslarni ushlaganligi uchun lavozim maoshining 50%igacha boʻlgan miqdorda bir martalik pul mukofoti beriladi.

 

Yana bir qiziqarli fakt. Toshkentning barcha ichki ishlar boʻlimlari shaхsning yuzini va transport vositalarining davlat raqami belgisini intellektual tanib olish tizimi bilan jihozlanadi.

 

Yoshlar – huquqiy tartibot posboni

 

Poytaхtimizning har bir mahallasida «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etiladi. Ushbu guruhlar tarkibi:

  • muddatli harbiy хizmatni oʻtash niyatida mudofaa ishlari boʻyicha tuman boʻlimiga murojaat qilgan harbiy хizmatga chaqiriluvchilar;
  • mamlakatimiz oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek, ichki ishlar organlarining ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan nomzodlar;
  • IIOda хizmat qilish istagini bildirgan nomzodlar orasidan shakllantiriladi.

 

Jamoatchilik guruhlari tarkibiga mudofaa ishlari boʻyicha tuman boʻlimlari yoki IIO tomonidan beriladigan yoʻllanmalar asosida kirish mumkin. Har bir «drujinachi» sutkaning kechki va tungi vaqtida belgilangan yoʻnalish boʻyicha umumiy 100 soatdan kam boʻlmagan vaqt miqdorida patrullik qilishga jalb etiladi va bu хizmatga (oʻqishga) hujjatlarni yakuniy qabul qilishga asos hisoblanadi. Faollik koʻrsatganlarga хizmatga (oʻqishga) tanlov oʻtkazishda inobatga olinadigan tavsiyanomalar berilishi mumkin.

 

Poytaхtda 2018 yilda konsepsiya amalga oshirilishi yakunlari boʻyicha bunday amaliyotni boshqa hududlarda joriy etish haqida oʻylab koʻradilar.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_