Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Toshkentda Kreativ iqtisodiyot boʻyicha jahon konferensiyasi oʻtkaziladi

26.08.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 23.08.2024 yilda «Kreativ iqtisodiyot boʻyicha IV Butunjahon anjumanining Toshkent shahrida oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi.

 

Zamonaviy ijodiy va innovatsion yutuqlarni hayotga tatbiq etish maqsadida 2024 yil 2-4 oktyabr kunlari Toshkentda Kreativ iqtisodiyot boʻyicha IV Jahon konferensiyasi oʻtkaziladi.

 

Hujjat bilan tadbirni tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita tarkibi tasdiqlandi. Unga Jahon konferensiyasini yuqori darajada oʻtkazishga har tomonlama tayyorgarlik koʻrish, vazirlik va idoralar tomonidan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini hamda ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash topshirildi.

 

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi Jahon konferensiyasi doirasida quyidagilarni ta’minlaydi:

  • Zamonaviy san’at markazi qoshidagi art-rezidensiyalarni tantanali foydalanishga topshirish;
  • Fransiya madaniyat markazi, Milliy restavratsiya markazi loyihalari, shuningdek "Abulqosim" madrasasi va "Oхunguzar" madaniy meros ob’yektida kreativ iqtisodiyot klasterlarini yaratish loyihalari taqdimotlarini tashkil etish.

 

Shuningdek, Jahon konferensiyasi yakunlari boʻyicha "Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi takomillashtiriladi, Oʻzbekiston Respublikasida 2030 yilgacha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi va uni 2025-2026 yillarda amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi loyihalari ishlab chiqiladi.

 

Jahon konferensiyasi dasturiga muvofiq Jamgʻarma kreativ iqtisodiyot sohasidagi vazirlar uchrashuvini, shuningdek dunyo va mamlakatimiz kreativ iqtisodiyot sohasi vakillari salohiyatini namoyish etuvchi maхsus koʻrgazmani oʻtkazadi.

 

Hujjat bilan Toshkentda Kreativ iqtisodiyot boʻyicha IV Jahon konferensiyasini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi, "InterForum" DUK esa Jahon konferensiyasini tashkil etish va oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha bosh operator etib belgilandi.

 

Hujjat OʻzA tomonidan e’lon qilingan va 2024 yil 24 avgustdan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova