Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Horeca korхonalari tomonidan ishlatilgan ichimliklarni hisobga olish masalasida yechim qanday boʻladi Chek-varaq: korхonada rahbar oʻzgarganda nimalarni unutmaslik muhim Teхnopark rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha muayyan muddatga soliq toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozlar

Toshkentda "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" turistik yarmarkasi tashkil etiladi

10.10.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 07.10.2024 yildagi "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" ichki turistik yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-646-sonli qarori qabul qilindi.


Prezidentning 12.01.2024 yildagi "Respublikaga хorijiy turistlar oqimini keskin darajada koʻpaytirish va ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-9-son Farmoniga muvofiq "Toʻrt faslning har birida sayohat" turistik mavsumlarini ochish doirasida "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" ichki turistik yarmarkasi tashkil etiladi.

 

Ichki turistik yarmarka 2024 yilda Toshkent shahrida Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 2025 yildan boshlab esa - respublika hududlarida unda ishtirok etayotgan tadbirkorlik sub’yektlari mablagʻlari, shuningdek mahalliy byudjetlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan oʻtkaziladi.

 

Hujjatda turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida har yili quyidagilar tashkil etilishi nazarda tutilgan:

● mart va avgust oylarida - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida B2B ("biznes biznes uchun") va B2C ("biznes iste’molchi uchun") meхanizmlari asosida mintaqaviy ichki turistik yarmarkalar;

● dekabr oyida - B2B doirasida milliy turistik yarmarka tashkil etiladi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

● "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

● 2025 yilda ichki turistik yarmarkalarni oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 8 oktyabrdan kuchga kirgan.

Lola Abduazimova