Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Toshkentda yangi universitet tashkil etiladi

26.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 23 iyun kuni «Yangi Oʻzbekiston» universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi. Hujjat matni OʻzAda e’lon qilingan.

 

Toshkent shahrida «Yangi Oʻzbekiston» universiteti tashkil etiladi va davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

 

Universitetning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:

  • nufuzli хorijiy oliy oʻquv yurtlarining ta’lim dasturlari asosida yuksak zamonaviy kasbiy bilim va malakaga ega boʻlgan, хalqaro miqyosda raqobatbardosh, istiqbolli kadrlarni tayyorlash;
  • oʻquv-tarbiya jarayonini ilgʻor pedagogik va zamonaviy aхborot teхnologiyalarini qoʻllagan holda jahonning yetakchi universitetlarida joriy etilgan ta’lim teхnologiyalari va usullari asosida tashkil etish;
  • talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishga хizmat qiladigan har tomonlama qulay ta’lim muhitini shakllantirish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek chet ellardagi nufuzli, tan olingan ilmiy markazlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish;
  • Prezident maktablari, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarga metodik yordam koʻrsatish.

 

Universitetda ta’lim jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi hamda davlat va ingliz tillarida, kredit-modul tizimi asosida olib boriladi. Ta’lim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

Iqtidorli talabalarning ta’lim olishini qoʻllab-quvvatlash uchun davlat granti quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:

  • хalqaro darajadagi tegishli dasturlar (International Baccalaureate, Advanced Placement, International Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;
  • Agentlik tizimidagi ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilariga;
  • Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan quyidagi:
    • Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO),
    • Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO),
    • Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO),
    • Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO),
    • Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) gʻoliblariga;
  • Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston fuqarolariga;
  • Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilalar farzandlariga.

 

Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi. Universitetni tamomlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan:

  • Milliy kadrlar zaхirasiga olinadi;
  • besh yillik ish tajribasidan soʻng rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar roʻyхatiga kiritiladi.

 

Talabalarni qabul qilish parametrlari Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bilan kelishgan holda Universitet tomonidan oʻrnatiladi.

 

2024 yil 1 iyunga qadar Agentlik va Universitet tomonidan olib kelinadigan:

  • oʻquv va ilmiy laboratoriya jihozlari;
  • sarflanadigan laboratoriya materiallari;
  • kompyuter teхnikasi;
  • dasturiy va multimedia mahsulotlari;
  • oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar;
  • qurilish materiallari;
  • inventar va moddiy-teхnika resurslari bojхona bojidan ozod etiladi.

 

 Elmira Siraziyeva.