Prezidentning 6.02.2018 yildagi PQ-3512-son jismoniy shaхslar tomonidan bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solishga doir qarori qabul qilindi.
Jismoniy shaхslar tomonidan tovarlarni Oʻzbekistonga bojsiz olib kirish
Hujjat bilan jismoniy shaхs tomonidan bojхona toʻlovlari olinadigan tovarlarni mamlakatga olib kirishning chegaraviy normalari tasdiqlandi. Bunda olib kirilayotgan tovarlarning umumiy qiymati (1-jadval), ayrim holatlarda – miqdoriy tavsiflari (2-jadval) hisobga olinadi.
1-jadval.
Bojхona chegarasini kesib oʻtish tartibi |
Summa (AQSh dollari) |
Xalqaro aeroportlar orqali
|
2 000 |
Temir yoʻl va daryo oʻtish punktlari orqali |
1 000 |
Avtoyoʻl (piyoda) oʻtish punktlari orqali |
300 |
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida kelib tushadigan tovarlar |
1 000 (bir kalendar oy mobaynida) |
Ilgari tovarlarni bojsiz olib kirishning chegaraviy normalari boshqacha belgilanar edi. Chegaradosh davlatlardan (Afgʻoniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston) 10 AQSh dollariga, qolgan davlatlardan, shu jumladan pochta yoki kuryerlik joʻnatmalari vositasida – 1 000 AQSh dollariga tovarlar olib kelish mumkin edi.
2-jadval.
Tovar nomi |
1 kishi olib kiradigan normasi (umumiy miqdori) |
Alkogolli mahsulotlar, shu jumladan pivo
|
2 litrdan koʻp emas |
Tamaki mahsulotlarining barcha turlari |
10 qutidan koʻp emas |
Atir va pardoz suvi |
3 birlikdan koʻp emas |
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari |
65 grammdan koʻp emas |
Koʻrinib turibdiki, alkogolli va tamaki mahsulotlarini olib kirish normalari avvalgidek saqlanib qolindi. Qolgan pozitsiyalar boʻyicha: ilgari parfyumeriya – har bir nomlanishdan 2 birlikdan, zargarlik buyumlari esa – umumiy ogʻirligi 30 grammdan oshmagan holda 5 dona olib kirishga yoʻl qoʻyilgan.
Bu – muhim! 2-jadvalda koʻrsatilgan tovarlar qiymati 1-jadvalda koʻrsatilgan tovarlarni bojsiz olib kirishning chegaraviy normalariga kiritiladi.
Tovarlarni deklaratsiya toʻldirmasdan olib chiqib ketish
Jismoniy shaхs, agar tovarlarning qiymati 3 000 AQSh dollaridan oshmasa, ularni bojхona deklaratsiyasini taqdim etmasdan mamlakatdan olib chiqib ketishga haqli. Bunda ayrim holatlarda olib chiqib ketilayotgan tovarlarning umumiy ogʻirligi belgilangan miqdorlardan oshmasligi kerak (3-jadval).
3-jadval.
Tovar nomi |
1 kishi olib chiqib ketadigan norma (umumiy ogʻirligi, kg) |
Guruch
|
3 |
Non-bulka mahsulotlari |
5 |
Goʻsht va goʻshtli qoʻshimcha mahsulotlar |
2 |
Shakar |
2 |
Oʻsimlik moyi |
2 |
Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlari, dukkakli oʻsimliklar, shuningdek quritilgan meva va sabzavotlar |
40 |
Bu – muhim! Mamlakatimizdan olib chiqib ketilayotganda ushbu mahsulotlarning qiymati 3 000 AQSh dollarilik chegaraviy miqdorga kiritiladi.
Tovarlarni majburiy yozma deklaratsiyalamasdan tasdiqlangan normalarda olib kirish va olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi (хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalaridan tashqari). Koʻrsatkichlar oshirilgan taqdirda, bojхona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qoʻllaniladi. Eslatib oʻtamiz, birinchi holatda bojхonadan «yashil» yoʻlak orqali, ikkinchi holatda esa – faqat «qizil» yoʻlak orqali oʻtish mumkin (sharhga qaralsin).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.02.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov.