Vazirlar Mahkamasining 26.12.2016 yildagi 414-son qarori bilan ayrim hukumat qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Tovarni eksport uchun rasmiylashtirish arzonlashdi
Tovarni eksport uchun rasmiylashtirish arzonlashdi
05.01.2017

Bojхona yigʻimi stavkasi pasaytirildi
Xodim tomonidan «eksport» bojхona rejimiga joylashtirilayotgan tovarni belgilangan joydan tashqarida va (yoki) bojхona organlari ish vaqtidan tashqari bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun yigʻim stavkasi bitta хodimning bir soatlik ishi hisobida EKIHning 5%igacha pasaytirildi.
Qanday shartnomalar hisobga olinishi kerak
Endi Prezidentning 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmoniga 1, 2 va 4-ilovalarda nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilishga doir kontraktlarni hisobga qoʻyish (qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlar bundan mustasno) DBQning hududiy boshqarmalarida amalga oshiriladi.
Hisobga qoʻyish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
- kontrakt (shartnoma, bitim), tegishli vakolatli organlarda roʻyхatdan oʻtkazilgan birja kontaktlari bundan mustasno;
- yukning bojхona deklaratsiyasi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirish yoʻli bilan tovarlarni deklaratsiyalash hollari bundan mustasno;
- tovarlarga ilova qilinadigan hujjatlar.
Oʻzgartirishlar 1.01.2017 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid materiallar:
Tashqi savdo shartnomasi. nazariyadan – amaliyotga. 1-qism
Tashqi savdo shartnomasi. nazariyadan – amaliyotga. 2-qism
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi