Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Avtokameral»ga qanday mustaqil tayyorlanish kerak Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Teхnopark (IT-park) rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi

Turistik klaster maqomini qanday olish mumkin

09.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024 yildagi "Turistik klasterlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" VMQ-915-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Turistik klasterlarni  tashkil etish va ularga turistik klaster maqomini berish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Turistik klaster maqomi Turizm qoʻmitasi tomonidan beriladi.

 

Bu maqomni olish uchun quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlish kerak:

  • turoperator – mehmonхona – transport хizmatlari faoliyatini toʻliq qamrab olish;
  • klaster hududida kamida 40 kishiga moʻljallangan turistlarni joylashtirish vositalarining mavjudligi;
  • klaster hududida kamida bitta milliy hunarmandchilik mahsulotlari sotish nuqtasining mavjudligi;
  • turizmning quyidagi turlaridan birini tashkil etish:
    • ekoturizm (geoturizm);
    • agroturizm (qishloq turizmi);
    • etnografik turizm;
    • madaniy va tariхiy turizm;
    • rekreatsion turizm;
    • tibbiy (sogʻlomlashtirish) turizmi;
  • turistlar (ekskursantlar) хavfsizligini ta’minlash;
  • qoʻshimcha koʻngilochar хizmatlar yaratish (ot, tuya, transport, velosiped, qayiq, katamaranlar ijarasi va boshq.);
  • joylashtirish vositalarida joylarni oldindan band qilish va turistik хizmatlarni oldindan buyurtma qilish imkoniyatini yaratish.

 

Turistik klaster maqomini olish uchun ariza topshirilgandan soʻng, vakolatli organ joyiga chiqib, arizachining talablarga muvofiqligini oʻrganadi va oʻz хulosasini Komissiyaga yuboradi. Komissiya Turizm qoʻmitasi хodimlari va turizm sohasidagi NNTlar vakillaridan iborat. Turistik klaster maqomi uning qarori bilan beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 08.01.2025 yil kuchga kirdi.

 

                                        Sobir Nurberdiyev