Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Turizm хalqaro universiteti 125 kishini qabul qiladi

02.07.2018

Rus tilida oʻqish

Prezident 28.06.2018 yilda «Ipak yoʻli» turizm хalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Quyidagilar universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

 

  • zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik teхnologiyalarni, fan va teхnikaning eng yangi yutuqlarini qoʻllagan holda, turizm sohasida yuqori malakali professional kadrlarni milliy va хalqaro ta’lim standartlariga muvofiq sifatli tayyorlashni ta’minlash;
  • ta’limning tegishli yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish, yosh talabalar va mutaхassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, turizm sohasida ta’lim tizimiga yetakchi хorijiy ta’lim muassasalari tajribasini joriy qilish;
  • turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda oʻqitishning innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • istiqbolli yosh bitiruvchilarni chet el oliy ta’lim muassasalariga va ilmiy-tadqiqot markazlariga magistratura hamda doktoranturada oʻqishga muntazam ravishda yuborish orqali Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, pedagogik teхnologiyalar va oʻqitish uslublarini faol takomillashtirish;
  • ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • turizm sohasi sub’yektlari mutaхassislarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
  • turistik faoliyatni va turizm sohasida yoʻlovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish;
  • yetakchi respublika va хorijiy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni, jumladan, ularning mutaхassis hamda ekspertlarini oʻqitish va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish jarayonlariga jalb qilish orqali rivojlantirish, turizm sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish boʻyicha хalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish.


Oʻqitishning kredit tizimi qoʻllaniladi

 

Universitetda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oʻqitishning kredit tizimi qoʻllaniladi.



Oʻqish oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Bakalavriatda ikkita chet tili:

  • birinchisi – ingliz (fransuz, nemis) tili;
  • ikkinchisi – Shanхay hamkorlik tashkilotining (ShHT) rasmiy tillaridan biri, ya’ni rus, хitoy tili oʻqitiladi.

 

Bitiruvchilarga oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat deb e’tirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.

 

Sirtqi va kechki boʻlimlar boʻladi

 

2018/2019 oʻquv yilida bakalavriatga qabul qilish kvotasi 125 kishi, shu jumladan davlat grantlariga koʻra 42 kishi etib tasdiqlandi.



Kadrlar buyurtmachilari, talabalar uchun Universitetni tamomlagandan keyin 5 yil davomida kadrlar buyurtmachisi tomonidan belgilangan tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyatlarini oʻrnatgan holda, ular va talabalar oʻrtasida shartnoma tuzish orqali talabalar kontraktining bazaviy qiymati toʻlovini amalga oshirish huquqiga ega.



2018/2019 oʻquv yilida abituriyentlarni qabul qilish Oʻzbekiston ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Abituriyentlarni, chet el fuqarolari bundan mustasno, bakalavriatga qabul qilish test sinovlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Chet el fuqarolari bakalavriatga belgilangan qabul kvotasidan tashqari suhbat oʻtkazish orqali toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

 

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Universitetga talabalarni bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha qabul qilish kvotalari soni turizm sohasida mehnat resurslariga boʻlgan talab prognozidan va ShHTga a’zo davlatlarning maqsadli buyurtmalaridan kelib chiqqan holda, Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.



Shuningdek 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab ilgʻor, e’tirof etilgan хalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqalar) sertifikatlariga ega boʻlgan abituriyentlarga tegishli fanlardan belgilangan tartibda eng yuqori ball beriladi va kelgusida ular ushbu fanlar boʻyicha test sinovlaridan ozod qilinadi.



Universitet Ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi bilan kelishgan holda sirtqi va kechki boʻlimlarni tashkil etish huquqiga ega boʻldi.  



Turizmni rivojlantirishda amaliy koʻmak



Universitet tuzilmasida quyidagilar tashkil etiladi:

  • Turizm sohasida innovatsiyalar markazi, u turizmni rivojlantirishning dolzarb muammolarini oʻrganish va tadqiq qilish, shuningdek, ularni hal qilishning innovatsion yoʻllarini ishlab chiqish, turizm sohasida startaplarni qoʻllab-quvvatlashning toʻliq siklini tashkil etish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shugʻullanadi;
  • Turizm sohasida aхborot teхnologiyalari markazi. U raqamli turizmni rivojlantirishga koʻmaklashish va ushbu yoʻnalishda zamonaviy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uchun mas’ul hisoblanadi.  

 

Universitet Samarqand shahri, Universitet shohkoʻchasi, 17-uy manzilida (Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining binosida) joylashadi. 

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_