Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtganlar – ozodlikka

28.08.2019

Rus tilida oʻqish

Prezident “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan bir guruh shaхslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi. Unga sharh OʻzAda e’lon qilingan.

 

Hujjatga muvofiq, Konstitutsiya 93-moddasining 23-bandiga asosan 65 nafar fuqaro afv etildi.

 

Ularning:

  • 17 nafari jazodan toʻliq ozod qilindi;
  • 13 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi;
  • 20 nafariga esa tayinlangan jazo yengilrogʻi bilan almashtirildi.

 

Bir soʻz bilan aytganda, 50 nafar shaхs ozodlikdan mahrum etish joylaridan ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bagʻriga qaytarildi.

 

Bundan tashqari, 14 nafar shaхsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddati qisqartirildi va 1 nafar shaхs ozodlikni cheklash jazosidan ozod qilindi.

 

Afv etilganlarning 4 nafarini ayollar, 1 nafarini 60 yoshdan oshgan shaхs, 1 nafarini chet el fuqarosi, shuningdek, 39 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan fuqarolar tashkil etadi.

 

Afv etilgan shaхslarning ijtimoiy moslashuvi, ularni foydali mehnatga jalb etish va sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar hamda hokimliklar zarur yordam beradi.

 

Qayd etish joizki, keyingi 3 yilda yurtimizda 7 marta afv e’lon qilinib, 3952 nafar shaхs afv etildi.