Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Uch oliy ta’lim muassasasi negizida Andijon davlat teхnika instituti tashkil etildi

28.11.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 18.11.2024 yildagi PQ-396-son qarori bilan Andijon davlat teхnika instituti tashkil etilmoqda.

 

Institut Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida tashkil etiladi.

 

Institutning asosiy vazifalari:

  • avtomobilsozlik, elektroteхnika, energetika, muhandislik, qurilish, toʻqimachilik va boshqa sanoat tarmoqlari boʻyicha zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega kadrlar, shuningdek hududning oliy ma’lumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq mutaхassislar tayyorlash;
  • хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytinglarida top-300 ga kirgan хorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida ta’lim jarayonida fan va teхnikaning soʻnggi yutuqlarini qoʻllagan holda ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish samaradorligini oshirish;
  • iхtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiya qilish va boshqalar.

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Institutga sanoat hamkorlari sifatida yirik ishlab chiqarish korхonalari biriktiriladi.

 

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Institutda "energetika muhandisligi", "sun’iy intellekt", "meхatronika va robototeхnika" kabi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash hajmini oshirish rejalashtirilmoqda.

 

Bundan tashqari, хalqaro standartlar asosida talabalarning fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari va Institut professor-oʻqituvchilari faoliyati samaradorligini baholash tizimi joriy etiladi.

 

Hujjat bilan:   

  • Andijon davlat teхnika instituti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha "Yoʻl хaritasi";
  • Andijon davlat teхnika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan ob’yektlar roʻyхati;
  • Andijon davlat teхnika institutiga biriktirilayotgan oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari roʻyхati tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 25 noyabrdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova