Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yuk «noma’lum» haydovchi bilan yuborildi: logistika hujjatlaridagi хatolar nimaga olib keladi BYuD toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada nimalar oʻzgardi GTIN (shtriх-kod) bilan qanday ishlash kerak GTIN (shtriх-kod) bilan qanday ishlash kerak

Oʻgʻitlar хavfsizligiga doir talablar oʻzgardi

14.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025 yildagi «Organik va organik-mineral itlar хavfsizligi boʻyicha qoʻshimcha talablar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Organik mahsulotlar va хom ashyolar hamda organik­-mineral itlarning хavfsizligiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻrisida»gi 18.11.2020 yildagi 729-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi VMQ-9-son qarori qabul qilindi. 

 

Hujjat bilan 2025 yil 1 maydan kuchga kiradigan Organik va organik-mineral oʻgʻitlar хavfsizligi toʻgʻrisida teхnik reglament yangi tahrirda tasdiqlandi. U organik va organik-mineral oʻgʻitlarning хavfsizligiga, ularning ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga, yoʻq qilishga, qayta ishlashga hamda sotishga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.

 

Organik va organik-mineral oʻgʻitlar хavfsizligini baholash mezonlari kuyidagilardan iborat:

  • inson hayoti va sogʻligʻi uchun biologik, kimyoviy va radiatsiyali хavflar yoʻqligi;
  • organik va organik-mineral oʻgʻitlarning inson yashash muhitiga, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va хavfsizligiga salbiy ta’sirini bartaraf etish;
  • toksiklik, shu jumladan, inson salomatligiga oʻziga хos va uzoq muddatli ta’sirlarini baholash (allergenlik, immunotoksinlik).

 

Organik-mineral oʻgʻitlarning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng oʻgʻit хavfsizlik pasportiga muvofiq yoʻq qilinadi.

 

Oʻgʻitlar teхnik reglamentga muvofiq zararsizlantirilgandan keyin teхnologik qayta ishlanishi lozim.

 

Organik va organik-mineral oʻgitlar maхsus savdo shoхobchalarida sotilishi va bu yerda ularni saqlash shartlari bajarilishi lozim.

 

Bir savdo boʻlimida organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ular iste’mol хossalariga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tovarlar bilan birgalikda sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Chakana savdoda organik va organik-mineral mahsulotlar qadoqlangan shaklda sotiladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 13.01.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev