Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida ta’lim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlardan bir guruhi mukofotlandi.
Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qoʻshgan salmoqli hissasi, ta’lim-tarbiya tizimidagi koʻp yillik samarali mehnati, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrgatishdagi fidoyiligi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun ularga «Oʻzbekiston Respublikasi хalq oʻqituvchisi», «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan хalq ta’limi хodimi», «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi», «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan sport ustozi» faхriy unvonlari taqdim etildi.
Sohaning alohida vakillari «Fidokorona хizmatlari uchun», «Mehnat shuhrati», II darajali «Sogʻlom avlod uchun», «Doʻstlik», ordenlari hamda «Shuhrat» medali bilan taqdirlanishdi.