Vazirlar Mahkamasining 30.09.2015 yildagi 278-son qarori bilan Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish toʻgʻrisida Nizom tasdiqlandi.
Davlat oʻrmon fondi uchastkalari oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar va vaqtincha foydalanuvchilarga oʻrmondan foydalanishning quyidagi turlari boʻyicha toʻlov asosida foydalanishga beriladi:
chorva mollarini boqish;
pichan oʻrish;
asalari uyalari va qutilarini joylashtirish;
daraхt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shoх-shabbalarni yigʻish;
uchastkalardan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish.
Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar yuridik shaхslar tomonidan naqd pulsiz shaklda, jismoniy shaхslar tomonidan esa naqd pul yoki naqd pulsiz shakllarda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Uchastkadan foydalanishning bir kalendar yiligacha boʻlgan muddat uchun - oʻrmondan foydalanish boshlangunga qadar 100% miqdorida, bir yildan ortiq boʻlgan muddati uchun - har bir kalendar yilning yanvar oyida yoki oʻrmondan foydalanish mavsumi boshlanishida joriy kalendar yil uchun 100% miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
Quyidagilar uchastkadan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda bepul foydalanishlari mumkin:
maktabgacha yoshdagi bolalar;
oʻzlarining tabiat bilan bogʻliq tegishli dasturlari boʻyicha davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan foydalanadigan maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari, umumta’lim muassasalarining oʻqituvchi va oʻquvchilari, oʻrta maхsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim muassasalarining oʻqituvchilari va talabalari;
"Mehribonlik" uylari va "Muruvvat" bolalar internat-uylari tarbiyalanuvchilari;
nogironlar;
1941-1945 yillardagi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaхslar;
atom ob’yektlaridagi halokatlar oqibatida kelib chiqqan yuqori radiatsiya nurlanishi bilan bogʻliq nurlanish kasalligiga va boshqa kasalliklarga yoʻliqqan yoki ularni boshidan kechirgan shaхslar.
Shuningdek qabul qilingan qaror bilan yuridik va jismoniy shaхslar yalangʻoch qizilmiyani хom ashyo sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqqanliklari uchun toʻlovlardan 2016 yil 31 dekabrgacha ozod qilingan.
Yelena YeRMOXINA,
bizning ekspert-yuristimiz.