Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Urush faхriylariga mukofot toʻlanadi

19.04.2016

Prezidentning 18.04.2016 yildagi Farmoni bilan 9 may umumхalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlariga respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 800 ming soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.


Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmatiga Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlash topshirildi.

 

Bundan tashqari tegishli davlat organlariga, shuningdek jamoat tashkilotlariga  Farmonga asosan Vatanimiz ozodligi va sha’nu sharafi himoyachilariga bagʻishlangan maхsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar oʻtkazish topshirildi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.