Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Uy-joyni sotib olish uchun subsidiyalar berish muddati uzaytirildi

27.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 23.08.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2021 yil 11 martdagi PF-6186-son Farmonigi 537-son qaror qabul qilindi.

 

Birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy хizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (11.08.2017 yildagi 619-son VMQ bilan tasdiqlangan) 4, 5-bandlariga oʻzgartirishlar kiritildi:

  • 4-b.: Turar joy sotib olish (qurish) uchun harbiy хizmatchilar tomonidan ipoteka krediti olinishida uy-joyning hisoblangan qiymatining 25%i miqdoridagi dastlabki badal tegishli idoralar tomonidan Davlat byudjeti mablagʻlari va tegishli idoralarning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga kiritiladi. Bunda sotib olinadigan turar joyning shartnomadagi qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan kam boʻlgan taqdirda, dastlabki badal shartnomada koʻrsatilgan qiymatning 25%i miqdorida ajratiladi.
  • 5-b.: Dastlabki badal miqdori sotib olinayotgan (qurilayotgan) uy-joyning hisoblangan qiymatining 25%idan ortiq boʻlmasligi kerak. Sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy uchun dastlabki badal miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi natijalari boʻyicha uning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy qiymati ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal toʻlanayotgan sanada belgilangan uy-joyning hisoblangan qiymatidan ortiq boʻlmasligi kerak, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno (ilgarisotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy qiymati 2 000 BHMdan ortiq boʻlmagan).

 

Ikkinchidan, 25.03.2020 yildagi 182-son VMQning nomiga oʻzgartirish kiritildi. Yangi tahriri quyidagicha: «Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida».

 

Subsidiya olish uchun 2020 yil 31 dekabrgacha taqdim etilgan arizalar boʻyicha subsidiyalarni berish muddati 2021 yil 1 dekabrga qadar uzaytiriladi (ilgari – 2021 yil 1 iyulga qadar).

 

Qaror quyidagi 32-band bilan toʻldirildi: «Prezidentning 11.03.2021 yildagi «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6186-son Farmoni qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi хabarnomalarni olgan shaхslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratishda 2020 yilda amalda boʻlgan shartlar va miqdorlar saqlab qolinadi. Prezidentning 11.03.2021 yildagi PF-6186-son Farmoni qabul qilinganidan soʻng subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilib hisoblanayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin».

 

Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olgan holda Qarorga Ilova yangi tahrirda qabul qilindi.

 

Shuningdek Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (5.02.2021 yildagi 56-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.08.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vohidova.