Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Oʻzbekiston-Tojikiston oʻtkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi

27.02.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 21.02.2018 yildagi 133-son qarorida tegishli chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJga quyidagi avtomobil yoʻllari oʻtkazish punktlarining muhandislik-kommunikatsiya va yoʻlboʻyi infratuzilmasini tashkil etish va yanada rivojlantirish uchun zarur yer uchastkalari ajratiladi:

  • Samarqand viloyatidagi «Jartepa»;
  • Jizzaх viloyatidagi «Qushkent», «Uchturgan»;
  • Sirdaryo viloyatidagi «Xovostobod»;
  • Toshkent viloyatidagi «Bekobod»;
  • Namangan viloyatidagi «Pop»;
  • Fargʻona viloyatidagi «Ravot»;
  • Surхondaryo viloyatidagi «Gulbahor» avtomobil yoʻllari oʻtkazish punktlari va «Amuzang» temir yoʻl oʻtkazish punkti. 

 

Shuningdek Jartepa aholi punkti (Samarqand viloyati Urgut tumani) hududidagi chegara postining binolari, inshootlari va unga tutash hududlarni DBQga operativ boshqarish huquqi bilan beriladi. 2019–2020 yillarda yangi joyda joylashtiriladigan chegara postining infratuzilmasi quriladi.

 

Tegishli viloyat hokimliklari oʻtkazish punktlariga tutash avtomobil yoʻllari boʻyida zamonaviy standartlarga mos yoʻlboʻyi infratuzilmasini tashkil etishlari hamda fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishlari lozim. Bundan tashqari, ular vazirliklar va idoralarga joylarda faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ishlarni tashkil etish uchun zarur хizmat-maishiy sharoitlar yaratishda koʻmaklashadilar.  

 

1.03.2018 yilga qadar mamlakatimiz hududi doirasida «Gʻalaba-Xoshadiy» temir yoʻl uchastkasi rekonstruksiya qilinadi va oʻtkazish punktida davlat nazorat organlarining faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ishlarini tashkil etish uchun birinchi navbatdagi zarur хizmat-maishiy sharoitlar yaratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.02.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_