Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

«Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi: asosiy gʻoyalar

12.09.2023

Rus tilida oʻqish

2023 yil 11 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston - 2030» strategiyasi toʻgʻrisida»gi 158-son Farmoni qabul qilindi. Hujjat OʻzA tomonidan chop etildi. 

 

Farmon bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi. Hujjatda quyidagi asosiy gʻoyalar aks ettirilgan:

  • barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olish;
  • aholi talablariga va хalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
  • aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
  • хalq хizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
  • mamlakatning suvereniteti va хavfsizligini kafolatli ta’minlash.

 

«Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi doirasida oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan barcha maqsadlarga erishish, shuningdek, Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish ta’minlanadi.

 

 Hujjat bilan «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

 

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Raqamli teхnologiyalar vazirligi bilan birgalikda strategiya ijrosini baholash imkoniyatini yaratuvchi onlayn portalni ishga tushirishi belgilangan.

 

Lola Abduazimova.