Prezidentning 20.04.2023 yildagi Farmoni va qarori qabul qilindi, ularga asosan Prezidentning 23.12.2023 yildagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritildi.
Ramazon hayiti nishonlanishining e’lon qilinishi munosabati bilan juma, 21 aprel (Hayitning birinchi kuni), shuningdek dushanba, 24 aprel dam olish kunlari boʻladi.
Farmonga asosan 2023 yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi:
- barcha хodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2 yanvar – dushanba, 24 aprel – dushanba, 30 iyun – juma;
- olti kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun: 3 yanvar – seshanba, 20 mart – dushanba, 22 mart – chorshanba, 22 aprel – shanba, 24 aprel – dushanba, 1 iyul – shanba, 2 sentyabr – shanba, 30 dekabr – shanba.
Hujjatlar president.uz saytida e’lon qilingan va 20.04.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.