Prezident tomonidan 30.03.2023 yildagi “Jahon banki ishtirokidagi «Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-106-son Qaror imzolandi.
Hujjat bilan Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasining asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari tasdiqlanmoqda. Ularda quyidagilar nazarda tutilgan:
- qurilish mollarini (issiqlik izolyatsiya materiallari, quvurlar, eshik va oyna romlari, qurilish materiallari) va uskunalarni (qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, isitish tizimi, isitish qozonlari va h.k.) sotib olish;
- qurilish-montaj ishlari;
- energiya audit хizmatlari.
Ma’lumot uchun: “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish uchun Jahon bankining kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga 30 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan 143 mln AQSh dollari miqdorda qarz mablagʻlarini ajratish ma’qullangan. Loyiha doirasida maktabgacha, maktab va sogʻliqni saqlash sohalarida 800 dan ziyod muassasalarni modernizatsiya etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, loyihani amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi” tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra 2023 yil may oyiga qadar loyiha doirasida rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinishi koʻzda tutilgan ob’yektlar roʻyхatini shakllantirish belgilangan.
Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.04.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.