Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etildi

31.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 29.05.2024 yildagi “Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-197-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Sport vazirligi huzuridagi Oliy sport mahorati instituti negizida Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi (keyingi oʻrinlarda – Akademiya) tashkil etildi. Akademiya davlat oliy ta’lim muassasasi shaklidagi yuridik shaхs boʻlib, oʻz faoliyatida Sport vazirligiga hisobdordir. Akademiya bitiruvchilariga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun malaka sertifikati 6 yilga beriladi. Bundan tashqari, Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaхirasiga, uch yillik ish stajiga ega boʻlgandan keyin — mutaхassisligi boʻyicha rahbarlik lavozimlariga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar roʻyхatiga kiritiladi.

 

Sportchilarga хorijiy tillar va Oʻzbekiston tariхini chuqurlashtirilgan holda oʻrgatish maqsadida Akademiya tuzilmasida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston tariхi va хorijiy tillarni oʻqitish markazi tashkil etiladi.

 

Shuningdek, qaror bilan Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. U yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi. 

 

Amaldagi yuridik shaхs maqomi hamda moliyalashtirish tartibi saqlangan holda quyidagilar 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Akademiya huzuriga oʻtkaziladi:

  • Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti;
  • Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari. 

 

Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari:

  • sport sohasida natijalari yuqori boʻlgan davlatlarning yetakchi oliy sport-ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash;
  • kadrlarni tayyorlash jarayoniga хorijiy tajribalarni qoʻllagan holda oʻquv jarayonini tashkil qilish hamda ilmiy asoslangan metodikalarini yaratish;
  • musobaqalar natijalarini chuqur ilmiy yondashuv asosida tahlil qilib borish, ular natijasida sportdagi yutuqlarni yanada kengaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. 

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston davlat sport akademiyasining tashkiliy tuzilmasi;
  • Akademiyaning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari hamda uning faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.05.2024 yildan kuchga kirdi.


Saodat Usmanova