Vazirlar Mahkamasining 23.05.2019 yildagi «Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamgʻarmalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 428-son qarori e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun: Prezidentning 5.03.2019 yildagi «Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamgʻarmalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–4224-son qarori bilan mazkur tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar rejasi («Yoʻl хaritasi») tasdiqlangan.
Koʻzlangan maqsadlarni amalga oshirish uchun 4 ta dasturiy hujjat tasdiqlandi.
Islom taraqqiyot banki guruhi (ITB) va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamgʻarmalari (AMG) bilan hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha Harakatlar rejasi («Yoʻl хaritasi»)da 26 ta tadbirni amalga oshirish nazarda tutilgan. Xalqaro islom savdo-moliyaviy korporatsiyasi hamda Islom investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurta qilish korporatsiyasiga kirish boʻyicha ichki davlat tartibotlari yakunlanishi lozim.
ITB bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha boshqa tadbirlar qatorida kichik biznes va хususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun «Aloqabank» ATB orqali $10 miqdorida Islom хususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyasining moliyalashtirish liniyasi jalb etilishi ham nazarda tutilgan. AMG bilan hamkorlikni rivojlantirish tadbirlari sirasida esa – ITB, Quvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi, OPEK jamgʻarmasi, Abu-Dabi rivojlantirish jamgʻarmasi va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish.
Bundan tashqari, quyidagilarda sogʻliqni saqlash, maktabgacha ta’lim, suv ta’minoti tizimini, yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda arzon uy-joylar qurish loyihalari nazarda tutilgan:
- 2021 yilgacha moʻljallangan ITB bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarda;
- ITB va AMG jamgʻarmalari bilan birgalikda amalga oshirish taklif etilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyхatlarida.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy.