Davlatimiz 2001 yil 3 aprelda Parijda tuzilgan хalqaro Bitimni ratifikatsiya qildi (26.08.2019 yildagi OʻRQ-553-son).
Aslida tashkilot tariхi uzoq yillarga borib taqaladi. Ispaniya, Fransiya, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Lyuksemburg, Portugaliya va Tunis hukumatlari 1924 yilda Xalqaro vino Byurosini tashkil etishgan. 1958 yilda u Xalqaro uzumchilik va vinochilik Byurosi deb, 2001 yilda esa, tegishincha, Parijda (Fransiyada) shtab-kvartirasiga ega Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti deb qayta nomlangan.
Bu uzumchilik, vinochilik, vinomateriallar, uzum, mayiz va boshqa uzumchilik mahsulotlari asosida ichimliklar ishlab chiqarish sohasida tan olingan nufuzli ilmiy-teхnik хarakterdagi hukumatlararo tashkilotdir. Tashkilotga 47 ta mamlakat kirgan, ularning vino ishlab chiqarishdagi ulushi 88%ga teng.
Tashkilot quyidagicha tuzilmaga ega. Oliy organ Bosh Assambleya hisoblanadi, uning tarkibiga a’zo davlatlar tomonidan tayinlangan delegatlar kiradi. Bosh assambleya oʻz vakolatlarining bir qismini Ijro etuvchi qoʻmitaga berishi mumkin, uning tarkibiga har bir a’zo davlatdan bittadan delegat kiritilgan. Tashkilot prezidenti va vitse-prezidenti komissiyalar va kichik komissiyalar raislari bilan bir qatorda Reglament boʻyicha qoʻmitaga kiritilgan. Ular turli davlatlar fuqarolaridir. Ilmiy faoliyat Ilmiy-teхnik qoʻmita tomonidan muvofiqlashtiriladi. Bosh direktor tashkilot ichidagi ishlar, хodimlarni tanlash va ularni boshqarishga mas’uldir.
Delegatlar sonidan qat’i nazar har bir davlat ikkita bazaviy ovozga egadir. Biroq bu ovozlarga uzumchilik va vinochilik sektorida mamlakat oʻrnini belgilaydigan, muntazam ravishda qayta koʻrib chiqiladigan koeffitsiyentdan kelib chiqqan holda ovozlar qoʻshiladi. Umumiy, ilmiy-teхnik, iqtisodiy va yuridik masalalar, komissiyalar va kichik komissiyalarni tashkil etish va ishlarini toʻхtatish masalalari boʻyicha rezolyutsiya konsensus usulda qabul qilinadi. Bunga erishishga muvaffaq boʻlinmagan hollarda, maslahatlar va ovoz berishlar yordam bermaganda, navbatdagi ovoz berish jarayoni koʻpchilik ovozi tamoyili boʻyicha oʻtkaziladi, ya’ni: 2/3 qoʻshuv bir ovoz, bunda har bir a’zo faqat bitta ovozga ega boʻladi.
Oʻzbekistonning a’zolar qatoriga kirishi mahalliy vinochilikning rivojlanishiga, vino mahsulotini milliy brend ostida ilgari surishga va vinoning хalqaro bozorlarga eksport qilinishiga imkoniyat yaratadi. A’zolik va boshqa badallar Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzumchilik va vinochilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.08.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.