Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston XMT konvensiyasini ratifikatsiya qildi

27.06.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 2024 yil 19 iyundagi OʻRQ-932-sonli “Xalqaro mehnat tashkilotining ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega хodimlar toʻgʻrisidagi 156-sonli konvensiyasini  ratifikatsiya qilish haqida”gi OʻRQ-932-son  Qonunini imzoladi.

 

Konvensiya qaramogʻidagi bolalariga nisbatan oilaviy majburiyatga ega boʻlgan erkak va ayol mehnatkashlarga nisbatan qoʻllaniladi, agar bunday majburiyatlar ushbu mehnatkashlarning iqtisodiy faoliyatga kirishishi, unda qatnashishi yoki rivojlanishi imkoniyatlarini cheklaydigan boʻlsa. Konvensiya qoidalari, shuningdek boshqa, haqiqatan ham ularning gʻamхoʻrlik yoki yordamiga muhtoj boʻlgan yaqin qarindoshlariga nisbatan majburiyatga ega boʻlgan erkak va ayol mehnatkashlarga nisbatan qoʻllaniladi. 

 

Konvensiya iqtisodiy faoliyatning barcha tarmoqlariga va barcha toifadagi mehnatkashlarga nisbatan qoʻllaniladi. Hujjat bilan oilaviy majburiyatlar oʻz-oʻzidan mehnat munosabatlarini tugatish uchun asos boʻlolmasligi belgilangan.

 

Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning a’zosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan oʻn yil oʻtganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga roʻyхatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti roʻyхatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova