Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda QQS va foyda soligʻini toʻlashdan aylanmadan olinadigan soliqqa qanday oʻtish mumkin Import qilingan materialni bojхonadan oʻtkazmasdan, undan mahsulot tikish mumkinmi Ijarachi ijaraga olinadigan mol-mulkka kapital qoʻyilmalarni qanday hisobga oladi

Oʻzbekiston XTTB va XMKlarning qoʻshimcha aksiyalarini хarid qiladi

02.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.11.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi ustav kapitalidagi qoʻshimcha aksiyalarga obuna boʻlishi toʻgʻrisida”gi PQ-26-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Boshqaruvchilar kengashi tomonidan 2018 yilda ushbu tashkilotlarning ustav kapitalini oshirish va a’zo mamlakatlarning qoʻshimcha aksiyalarga obuna boʻlishlarini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi.

 

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining XTTB va XMKlarning ustav kapitalidagi mos ravishda umumiy qiymati $91,92 mln boʻlgan qoʻshimcha 762 ta aksiyasi va umumiy qiymati $12,78 mln boʻlgan qoʻshimcha 12 781 ta aksiyasiga obuna boʻlish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.

 

XTTB va XMKning qoʻshimcha aksiyalarini хarid qilish boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar jadvallari tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.