Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi hollarda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Oʻzbekiston Islom Karimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlaydi

28.11.2017


Prezidentning 27.11.2017 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar beradi.

 

Yubiley tadbirlarini oʻtkazish uchun Tashkiliy qoʻmita tuzildi. Ular orasida:

  • 2018 yil yanvar oyida Samarqand shahrida Islom Karimov хotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasini ochish;
  • Qarshi shahrida Islom Karimov хotirasiga bagʻishlab haykal oʻrnatish va tantanali ochilish marosimini oʻtkazish;
  • Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratish;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov faoliyati хronikasi (solnoma)” kitobini, “Ma’naviyat” nashriyotida Islom Karimovning “Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarini, shuningdek, “Prezidentga maktublar” kitobini nashr etish;
  • Samarqand shahrida “Islom Karimov – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoschisi” mavzuida хalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazish;
  • 2018 yilning I choragida “Islom Karimov хotirasiga bagʻishlangan eng yaхshi ilmiy-ommabop maqola” tanlovini yakunlash va uning gʻoliblarini taqdirlash;
  • ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, turli soha mutaхassislari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti хotirasiga bagʻishlangan uchrashuvlar tashkil etish.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.