Prezidentning 10.06.2024 yildagi PQ-214-sonli «Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida» Qarori qabul qilindi.
«Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻgʻrisida»gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq MDH ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi. Hujjat 2023 yil 13 oktyabrda Bishkek shahrida boʻlib oʻtgan MDH Davlat rahbarlari Kengashi yigʻilishida imzolandi.
MDH ishtirokchi-davlatlarda sud-ekspertlik faoliyati sohasidagi sheriklikni rivojlantirishning asosiy maqsadi ob’yektiv ilmiy asoslangan ekspertizalar va ekspert tadqiqotlarini oʻtkazish orqali fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda oʻz davlatlari manfaatlarini himoya qilish muammolarini hal qilishdan iborat.
Muvofiqlashtiruvchi Kengash MDHning tarmoq hamkorligi organi sifatida sud ekspertizasi organlarining sud-ekspertlik faoliyatida oʻzaro hamkorlik hamda хalqaro tashkilotlar va ularning tuzilmalari bilan konstruktiv hamkorlikni tashkil etish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi.
Adliya vazirligi mazkur хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilangan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.06.2024 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova