Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Oʻzbekiston MHXSning 60 dan ziyod standartlari va sharhlarini tan oldi

14.12.2022

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (09.12.2022 yilda roʻyхatga olingan, roʻyхat raqami 3400).

 

Ma’lumot uchun: Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari (MHXS) moliya hisobotlarini taqdim etishdagi tafovutlarni bartaraf etishga, kompaniyalar, shu jumladan jahon miqyosidagi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarning sifatini oshirishga qaratilgan standartlar majmui. Oʻzbekiston MHXSga bosqichma-bosqich oʻtib kelmoqda.

 

Hujjatga muvofiq Oʻzbekiston hududida 60 dan ziyod MHXS va ularga tushuntirishlar matni qoʻllaniladi. Standartlarda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining ayrim yoʻnalishlari boʻyicha hisob yuritish va hisobotni shakllantirish boʻyicha qoidalar mujassamlashgan.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.12.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Sobir Nurberdiyev.