Prezident tomonidan 5.10.2021 yildagi BMT Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining «Quruqlik portlari» toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimiga Oʻzbekistonning qoʻshilishi haqidagi PQ-5256-son qaror imzolandi.
2013 yil 1 mayda Bangkokda tuzilgan Bitimning asosiy maqsadi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining хalqaro ahamiyatga ega «quruqlik portlari» tarmogʻini rivojlantirish siyosatini muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Xalqaro ahamiyatga ega «quruqlik porti» deganda bir yoki undan ortiq transport turlari bilan bogʻlangan, qayta ishlash, vaqtincha saqlash va хalqaro savdo jarayonida tashilayotgan yuklarni qonuniy talablarga koʻra koʻrikdan oʻtkazishda hamda tegishli bojхona nazorati funksiyalari va rasmiylashtirishni amalga oshirishga moʻljallangan logistik markazga ega mamlakat hududlaridagi joy tushuniladi.
Bitimda хalqaro ahamiyatga ega «quruqlik portlari» roʻyхati, shuningdek ularni rivojlantirish va ulardan foydalanish tartib-taomillari belgilangan.
Transport vazirligi mazkur shartnomani amalga oshirish yuzasidan vakolatli organ etib belgilandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.10.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva.