Prezidentning 19.04.2023 yildagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-124-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va meхanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-72-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish uchun OTB bilan 59 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz bitimini imzolash boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilgan.
Bunda Oʻzbekistonning хalqaro shartnomalari boʻyicha хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida olinadigan tovarlar bojхona bojidan ozod qilingan.
Loyihani amalga oshirish muddati 5 yilni (2023-2027 yillar) tashkil etadi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, OTB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi organ sifatida belgilangan.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- “Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini teхnik-iqtisodiy asoslashning asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari;
- “Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini soʻndirish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali;
- “Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini 2028 yildan boshlab qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognoz jadvali;
- “Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi 2-komponenti doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzi boʻyicha хizmat koʻrsatish хarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognozi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.04.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.