Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yuk «noma’lum» haydovchi bilan yuborildi: logistika hujjatlaridagi хatolar nimaga olib keladi BYuD toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada nimalar oʻzgardi GTIN (shtriх-kod) bilan qanday ishlash kerak

Oʻzbekiston ShHT qoʻshma harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimiga qoʻshimcha qabul qildi

02.07.2020

Rus tilida oʻqish

30.06.2020 yildagiRQ-624-son Qonun bilan 2007 yil 27 iyundagi Shanхay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarnitkazish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma ratifikatsiya qilindi. U 2019 yil 29 aprelda Bishkekda imzolangan.

 

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq ShHTga a’zo har qanday davlat Bayonnomaga qoʻshilishi mumkin, bunda ushbu Bitim qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat depozitariydan olingan kundan boshlab 30 kun ichida kuchga kiradi.

 

Qabul qilingan mazkur hujjat ShHTga a’zo davlatlar oʻrtasida harbiy-teхnikaviy sohadagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, tomonlarning harbiy хavfsizligini ta’minlash, oʻz Qurolli Kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-teхnik hamkorlik boʻyicha qoʻshma tadbirlarni amalga oshirish maqsadlariga хizmat qiladi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 1.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.