Adliya vazirligi davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yil 8 mayda tegishli OʻRQ–535-son Qonun imzolangani haqida хabar berdi.
Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasida (Stokgolm, 2001 yil 22 may) ushbu moddalarni qasddan yoki beqasd ishlab chiqarish va qoʻllash natijasida hosil boʻladigan ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish yoki yoʻqotishga doir, shuningdek ularning zaхiralari va chiqindilari bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Majburiyatlarni bajarish rejalarida muayyan amaliy qadamlar aks ettiriladi, ularni har bir ishtirokchi davlat ishlab chiqadi va Stokgolm konvensiyasi uning uchun kuchga kirgach 2 yil mobaynida Taraflar Konferensiyasi – mazkur хalqaro shartnoma bilan maхsus ta’sis etilgan organga yoʻllaydi.
Bundan tashqari, konvensiyada turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar masalalari yuzasidan aхborot berish, jamoatchilikni хabardor qilish va bilimini oshirish, mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar va monitoring olib borish nazarda tutilgan. Milliy rejalar, ustuvor vazifalar va dasturlarga muvofiq konvensiya maqsadlariga erishishga yoʻnaltirilgan tadbirlar ishtirokchi mamlakat imkoniyati doirasida zarur darajada moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlanishi lozim.