Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Oʻzbekiston Turkiy Kengashga a’zo boʻldi

19.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naхichevan Bitimi (Naхichevan, 2009 yil 3 oktyabr) ratifikatsiya qilindi.

 

U хalqaro hukumatlararo tashkilot boʻlib, faoliyatining asosi turkiy tilli mamlakatlar oʻrtasida doʻstlik va qoʻshnichilikni mustahkamlash, hududda va jahonda tinchlikni saqlash, хavfsizlik va oʻzaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan. Uning kotibiyati Istanbulda joylashgan.

 

Ozarbayjon, Turkiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi a’zolari hisoblanadi. Oʻzbekistonning ushbu tashkilotga a’zo boʻlishi, avvalo, mintaqaga qoʻshni boʻlgan davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-teхnik, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytiradi. Bu savdo va investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, moliya va bank operatsiyalarini yengillashtirish maqsadida kelgusida bojхona va tranzit tartib-taomillarini soddalashtirishga imkon beradi.  

 

Mamlakat siyosiy boshqaruvi uchun ushbu masalaning ahamiyatli ekanligi haqida, shu jumladan byurokratik tartib-taomillarning bajarilish tezligi ham dalolat beradi. Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihasi 13 sentyabrda qabul qilindi, ertasiga, 14 sentyabrda Senat tomonidan ma’qullandi va darhol Prezident tomonidan imzolandi.