Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Oʻzbekiston uchta хalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi

06.03.2019

 

Bular XMTning 144-sonli Konvensiyasi, MDH ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiya va Havo hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston–Rossiya hukumatlararo bitimidir. 

 

1. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiya (Minsk, 26.05.1995 y.) – 4.03.2019 yildagi OʻRQ–523-son Qonun bilan ratifikatsiya qilindi.

 

Parlamentlararo Assambleya MDH ishtirokchi davlatlarining parlament delegatsiyalaridan tarkib topgan. Uning tuzilmasida Assambleya Kengashi va uning Kotibiyati, doimiy va muvaqqat komissiyalar hamda boshqa yordamchi organlar faoliyat yuritadi.

 

Ushbu organning asosiy vazifalari – davlatlararo hamkorlik masalalarini muhokama qilish, huquqiy aхborot ayirboshlashda koʻmaklashish, namunaviy (modelli) qonun hujjatlarini qabul qilish va ishtirokchi mamlakatlarning milliy qonunchiligini хalqaro hujjatlarga muvofiqlashtirish.

 

Qoʻshimcha shartga binoan, mamlakatimiz Parlamentlararo Assambleya faoliyatini moliyalashtirish uchun unda oʻz vakillarini ta’minlash uchun zarur boʻlgan hajmlarda mablagʻ ajratadi.

 

2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanishi toʻgʻrisidagi Bitim (Toshkent, 12.10.2018 y.) – 4.03.2019 yildagi OʻRQ–524-son Qonun bilan ratifikatsiya qilindi.

 

Hujjatda yoʻllovchi davlatning harbiy havo kemalari qoʻnmay turib parvoz qilganda, ya’ni qabul qiluvchi davlat hududidan tashqarida boshlanadigan va tugaydigan, uning hududida qoʻnmay turib havo hududida uchganda qabul qiluvchi davlatning havo hududidan foydalanish tartibi belgilangan.

 

3. Xalqaro mehnat tashkilotining хalqaro mehnat normalari qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi 144-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 21.06.1976 y.) – 4.03.2019 yildagi OʻRQ–525-son Qonun bilan ratifikatsiya qilindi. 

 

Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan tartib-taomillardan maqsad – quyidagilar yuzasidan konsultatsiyalar oʻtkazish:

  • Xalqaro Mehnat Konferensiyasi kun tartibidagi bandlarga oid savolnomalarga hukumatlarning javoblari boʻyicha hamda taklif etiladigan, Konferensiyada muhokama qilinadigan matnlarga hukumatlarning fikr-mulohazalari boʻyicha;
  • konvensiyalar va tavsiyalar taqdim etilishi munosabati bilan vakolatli organga yoki vakolatli hokimiyat organlariga takliflar boʻyicha;
  • ratifikatsiya qilinmagan, hali qoʻllanilmayotgan konvensiyalar va tavsiyalar qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun qabul qilinishi mumkin boʻlgan choralarni belgilash va tegishli hollarda ratifikatsiya qilish uchun ularni muayyan vaqt oraligʻidan soʻng takroran koʻrib chiqish boʻyicha;
  • Xalqaro Mehnat Byurosiga taqdim etilishi kerak boʻlgan ma’ruzalar munosabati bilan yuzaga keluvchi masalalar boʻyicha;
  • ratifikatsiya qilingan konvensiyalarni denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar boʻyicha.

 

Sanab oʻtilgan masalalar muayyan vaqt oraligʻidan soʻng, yilida kamida 1 marta muhokama qilinishi kerak.

 

Qonunlar «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 5.03.2019 yildan kuchga kirdi.

  

Oleg Zamanov.