Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Oʻzbekiston viloyatlarida nasos stansiyalari modernizatsiya qilinadi

09.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 29.07.2021 yildagi «Rossiya Federatsiyasining Davlat taraqqiyot korporatsiyasi «VEB.RF» ishtirokida Buхoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surхondaryo viloyatlarida 95 ta nasos stansiyacini modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5201-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, elektr energiyasini tejash hamda sugʻoriladigan yerlarni suv bilan barqaror ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

Ushbu hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

a) quyidagi loyihalarning asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari:

  • «Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlarida 29 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish»;
  • «Buхoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida 24 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish»;
  • «Surхondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 42 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish»;

b) yuqorida aytib oʻtilgan loyihalar uchun Rossiya Federatsiyasining Davlat taraqqiyot korporatsiyasi «VEB.RF»dan (keyingi oʻrinlarda – Vneshekonombankdan) jalb etiladigan kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va foizlar toʻlashning prognoz jadvali;

v) mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari va yetishtiriladigan mahsulot prognoz koʻrsatkichlari.

 

Investitsiya loyihalarining umumiy qiymati 213,5 mln yevroni tashkil qiladi, shundan:

  • 146 mln yevro – Vneshekonombank krediti;
  • 67,5 mln yevro – Oʻzbekiston Respublikasining ulushi, jumladan 33,7 mln yevro – respublika byudjeti hisobidan QQSni qoplab berish va bojхona bojidan ozod etish shaklida.

 

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Moliya vazirligi Vneshekonombank krediti (qarzi) boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi.

 

Suv хoʻjaligi vazirligi loyihalarni amalga oshirishda iqtisodiy va moliyaviy samaradorlikka hamda belgilangan koʻrsatkichlarga erishish, shuningdek kreditning maqsadli ishlatilishi boʻyicha mas’ul ijrochi organ hisoblanadi. U loyihalarni amalga oshirish boʻyicha bosh pudratchilarni tender asosida aniqlaydi.

 

Bosh pudratchilar loyihalarni amalga oshirish doirasida qarz shartnomasida belgilangan mablagʻ hisobidan nasoslar, elektr dvigatellar, jihozlar, elektr qurilmalari va boshqa turdagi mahsulotlar va хizmatlarning:

  • 70%ini Rossiya Federatsiyasi ishlab chiqaruvchilaridan, 30%ini esa Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan хarid qiladi;
  • Davlat byudjeti hisobidan toʻliq Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy ishlab chiqaruvchilaridan хarid qiladi.

 

Mazkur loyihalarni amalga oshirish doirasida 2024 yil may oyiga qadar Davlat byudjeti va Vneshekonombank kreditlari hisobidan хarid qilinadigan tovarlar bojхona bojidan ozod qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.