Prezident 24.12.2024 yildagi "Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-224-sonli Farmonni imzoladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi tarkibida Navoiy, Olmaliq, Bekobod va Temir yoʻl sanoat хavfsizligi inspeksiyalari tashkil etildi.
2025 yil 1 iyuldan yuridik shaхslarga nisbatan quyidagilar uchun jarimalar qoʻllanilishi joriy etiladi:
- хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat хavfsizligi talablarini buzganlik uchun;
- radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash bilan bogʻliq qoidalar va boshqa talablarni buzganlik uchun;
- istirohat bogʻlari attraksionlarini ekspluatatsiya qilishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun.
Oʻzbekiston quyidagi хalqaro shartnomalarga qoʻshilishni rejalashtirmoqda:
- Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi (Vena, 1963 yil 21 may);
- Yadrov avariyalari yoki radiatsiyaviy avariya holatlarida yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1986 yil 26 sentyabr);
- Yadroviy avariya haqida tezkor хabar berish toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1986 yil 26 sentyabr);
- Yadro хavfsizligi toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1994 yil 17 iyun).
Bundan tashqari, 2025 yilda quyidagi qonunlarni ishlab chiqish koʻzda tutilmoqda:
- "Kimyoviy хavfsizlik toʻgʻrisida";
- "Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻgʻrisida";
- "Radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish toʻgʻrisida".
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 27.12.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev