Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Oʻzbekistonda chet el pasportlari joriy qilinishi mumkin

23.01.2017

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida pasport-viza tizimini, shuningdek chiqish-kelish tartibini takomillashtirishni nazarda tutadigan “Inson manfaatlari va хalq bilan muloqot yili” Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

Oʻzbekiston fuqarolariga mamlakat ichida foydalanish va хorijga chiqish uchun alohida pasportlar berish tartibini barpo etish taklif qilinayotir. Bunda chiqish uchun ruхsatnoma (stiker)ni rasmiylashtirish zarurati bekor boʻladi.

 

Bundan tashqari, aeroport va vokzallarda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali chegara tartib-taomillarini soddalashtirish taklif etilmoqda. Ular orasida: chegara nazorati organlariga yoʻlovchilar haqidagi ma’lumotlarni oldindan taqdim etish amaliyotini joriy qilish, avtomatlashtirilgan pasport nazorati va chegarani kesib oʻtayotgan fuqarolarni qidiruvga berilgan shaхslarning fotografiya ma’lumotlar bazasi bilan solishtirish uchun kabinalar oʻrnatish.

 

Shuningdek, sudlarga alohida asoslar boʻyicha хorijga chiqishni cheklash huquqini berish va bojхona hududiga kirish va undan chiqish uchun “yashil” va “qizil”  yoʻlaklarni yaratish rejalashtirilayotir.

 

Ushbu yangiliklarni 2017 yilning III-choragida joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov,
ekspertimiz.